O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra, o‘simlik yog‘i importida bojxona bojining nol stavkalari 2026-yil 1-yanvargacha amal qiladigan bo‘ldi. Shu bilan birga, parranda go‘shtini olib kirish bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddatini uzaytirmaslikka qaror qilindi.
Prezident qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga kokos va palma yog‘i importi bo‘yicha imtiyozlarni uzaytirishni ma’qulladi. Alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tropik mevalar va apelsin sharbati konsentrati importi bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kun muddatga foizlar undirilmagan holda kechiktirib to‘lashga ruxsat berilishi belgilandi.
Prezident farmoni bilan bir qator oziq-ovqat mahsulotlariga import bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi. Qarordan ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash maqsad qilingan.
«Yil oxirigacha ayrim oziq-ovqat va tovarlar importi bojlarining nolga tushirilishi narxlar pasayishiga olib keladi. Aholidan tushayotgan mablag‘lar iqtisodiyotda talabning o‘sishini rag‘batlantiradi», — dedi O‘zITIM rahbari Obid Hakimov. Iqtisodchi Otabek Bakirov chora nega vaqtincha ekani bo‘yicha savol qoldirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting